Nukus shahridagi Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurtining yozgi sport maydonida mini-futbol bo‘yicha “Qoziyot kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in bahslarga boy tarzda kechgan musobaqada bilim yurti ustozlari, qoziyot tasarrufidagi masjidlar imom xatiblari hamda imom noiblaridan tarkib topgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqaning final bosqichida Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta maxsus islom bilim yurtining “Do‘stlik” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib bo‘lgan jamoalar hamda yaxshi o‘yin ko‘rsatganlarga “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston filiali tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.