1-IYUN – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan 52-sonli maxsus ta’lim muassasasida yana bir xayriya tadbiri tashkil etildi.
«Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan homiylar ko‘magida tashkil etilgan tadbirda mazkur ta’lim muassasasida tarbiyalanyotgan bolajonlar, ularning ota-onalari, tarbiyachilar qatnashdi.
Tadbir davomida bolajonlar bayramni xursandchilikda kutib olishdi. Fond tomonidan ajratilgan sovg‘a-salomlardan bahramand bo‘lishdi.
Tadbirga Toshkent davlat sirki jamoasining bir-biridan qiziq tomoshalari, multfilm qahramonlarining chiqishlari, san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.