YONIB KETGAN UY FAYZLI MASKANGA AYLANDI

«VAQF” xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali saxovatli xalqimizning homiyligida Qo‘shtepa tumani G‘ishtmon mahallasida yashovchi ehtiyojmand yosh oilaga katta yordam berishdi. Baxtsiz hodisa tufayli butkul yonib ketgan mazkur oilaning uy-joyi qayta qurilibgina qolmasdan, to‘liq jihozlab ham berildi.

 

Mazkur uy-joyni o‘z egalariga topshirish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimi A.Abdullayev, «Vaqf” xayriya jamoat fondi xodimlari M.Qosimov va B.Qirg‘izov, mahala fuqarolar yig‘ini mutasaddilari ishtirok etdi. Yangi uyni qabul qilib olgan oila o‘z xursandchiligini izhor etib, fond va homiylarga minnatdorlik bildirishdi. Shu yerda yurtimiz, xalqimiz tinchlik-farovonligini so‘rab duoyi xayrlar qilindi.

 

Bir oilaning mushkulini aritgan, ularga xursandchilik ulashgan barcha homiylardan, beminnat ko‘makchilardan Alloh taolo rozi bo‘lsin!

YONIB KETGAN UY FAYZLI MASKANGA AYLANDI
4 Iyun, 2025 yil | 23