«VAQF” xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali xodimlari o‘z faoliyatlari davomida ko‘plab ehtiyojmandlarga yordam berib, kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib, ularning duosini olib kelishmoqda. Xususan, yaqinda filialning fidoyi xodimlari homiylarni jalb qilgan holda yana bir savobli ishga qo‘l urishdi. Shu kuni 100 ga yaqin ehtiyojmand oilalarga xursandchilik ulashilib, turli zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari va uy-ro‘zg‘or jamlanmalari tarqatildi.
Himmatli homiylar va fidoyi volontorlarimizdan Alloh rozi bo‘lsin!