Vaqf xayriya jamoat fondi hisobiga 12 iyun kuni 20 944 340 (yigirma million to‘qqiz yuz qirq to‘rt ming uch yuz qirq) so‘m kelib tushdi.
Shundan:
Xayriya uchun: 2 059 029 so‘m;
Zakot, ushr, fitr va fidya uchun: 18 176 206 so‘m;
Vaqf uchun: 709 105 so‘m kelgan.
Umumiy hisobda fondning hisob raqamida 124 841 884 (bir yuzi yigirma to‘rt million sakkiz yuz qirq bir ming sakkiz yuz sakson to‘rt) so‘m yig‘ildi.
Vaqf xayriya jamoat fondiga pul o‘tkazish usullari:
— Bank hisob raqamlariga jismoniy shaxslar to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuridik shaxs shartnoma orqali to‘lov qilishlari mumkin.
ATIB “Ipoteka-bank” Yunusobod filiali;
MFO: 00837;
STIR: 207276595;
h/r: 20212000000881753002 “Xayriya”;
h/r: 20212000100881753003 “Zakot, fitr, ushr, fidya”;
h/r: 20212000300881753004 “Vaqf”
— Click:
*880*1100# ussd yoki Click Uzbekistan ilovasi va @Clickuz telegram boti orqali;
— Payme va MBank ilovasi orqali;
— Toshkent shahrida quyidagi masjidlardagi infokioskalar orqali:
1. Hazrati Imom masjidi;
2. Minor masjidi;
3. Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi;
4. Mirza Yusuf masjidi;
5. Novza masjidi;
6. Shayx Ziyoviddin masjidi;
7. Bo‘rijar masjidi;
8. Abdulloh ibn Mas’ud masjidi;
9. Katta Qozirabot masjidi;
10. Imom Buxoriy masjidi;
11. Rakat masjidi;
12. Xo‘ja Alambardor masjidi;
Undan tashqari Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasida ham infokioska o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu infokioskalar yurtimiz musulmonlariga moliyaviy ibodatlarini bajarishda va xayr-saxovat qilishda ko‘makchi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 16 apreldagi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5416-son Farmoni bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib u o‘z oldiga masjidlar va diniy ta’lim muassasalarining binolarini qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish, diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, mutaxassislari va o‘quvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlarni maqsad qilib qo‘ygan.