BOLA QUVONSA BUTUN OLAM SHOD BO‘LADI

Samarqand viloyatining Urgut tumanida “Vaqf” xayriya jamoat fondining viloyat filiali tashabbusi bilan ezgu tadbir bo‘lib o‘tdi. Shu kuni kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisidan ayrilgan 200 nafar bolajonga maktab formalari va o‘quv qurollari topshirildi. Shuningdek, 5 nafar bolajonning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Alimov, Urgut tumani hokimi Dilmurod Saidqulov, filial rahbari Aziz Sultonov va mutasaddi rahbarlar ishtirok etib, bolajonlarga sovg‘alarni shaxsan topshirdilar.

Urgutda tashkil etilgan ushbu ezgu tashabbus farzandlarimizning quvonchiga quvonch qo‘shdi, ularga umid bag‘ishladi.

BOLA QUVONSA BUTUN OLAM SHOD BO‘LADI
21 Avgust, 2025 yil | 8