EHTIYOJMAND OILALARGA YORDAM BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosoabati bilan joylarda turli tadbirlar, bayram sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, «Vaqf» xayriya jamoat fondining Sirdaryo viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda xayriya tadbiri tashkil etildi. Unda fond tomonidan viloyatning turli hududlarida istiqomat qilib kelayotgan nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan va kam taʻminlangan 53 ta oilaga go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Tadbir so‘nggida yurtdoshlarimiz jonajon Vatamizning osmoni musoffo va mustaqilligi abadiy bo‘lishini tilab, duoi fotihalar qilishdi.

EHTIYOJMAND OILALARGA YORDAM BERILDI
29 Avgust, 2025 yil | 58