YANGI O‘QUV YILINI YANGI KIYIM VA O‘QUV QUROLLARI BILAN

Mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali xodimlari ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy-maʻnaviy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatini davom ettirishdi. Fond tomonidan himmatli xalqimiz, saxiy homiylar xayriya qilgan maktab formalari va poyabzallar, o‘quv qurollari boquvchisi yo‘q, ehtiyojmand oilalarda voyaga yetayotgan 150 nafardan ziyod bolajonlarga tuhfa qilindi.

Ehtiyojmandlarga yordam berayotgan, ularga xursandchilik ulashayotgan muruvvatli homiylarimiz va taqvodor duogo‘ylarimizdan Yaratganning o‘zi rozi bo‘lsin!

YANGI O‘QUV YILINI YANGI KIYIM VA O‘QUV QUROLLARI BILAN
31 Avgust, 2025 yil | 64