BOLAJONLAR HAQIQIY BAYRAMNI HIS QILISHDI

Vatanimiz mustaqilligi bayrami va yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondining Farg‘ona viloyati filiali tomonidan himmatli homiylar tashabbusi va ko‘magida tashkil etilgan xayriya tadbiri davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda o‘sib-ulg‘ayayotgan 150 nafarga yaqin bolajonlar haqiqiy bayramni his qilishdi. Bolajonlar uchun kabobxo‘rlik uyushtirildi.

Saxovat tadbirining avvalida muruvvatli xalqimiz, saxovatli homiylar tomonidan xayriya qilingan maktab sumkalari va formalari hamda poyabzallar bolajonlarga hadya qilindi. Shundan so‘ng ular dasturxonga taklif qilinib, kabobxo‘rlik qilishdi.

Homiylar va mahbub duogo‘ylarimizdan Alloh taolo rozi bo‘lsin!

BOLAJONLAR HAQIQIY BAYRAMNI HIS QILISHDI
1 Sentyabr, 2025 yil | 70