BAYRAM ARAFASIDA KAM TAʻMINLANGAN OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Mustaqillik bayrami munosabati bilan «Vaqf» hayriya jamoat fondining Buxoro viloyati filiali tomonidan homiylarni jalb qilgan holda xayriya tadbiri tashkil etildi. Viloyatning turli hududlarida istiqomat qilib kelayotgan nogironligi bor, boquvchisini yo‘qotgan va kam taʻminlangan oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Yurtdoshlarimiz «Vaqf» xayriya jamoat fondi va homiylarga minnatdorlik bildirib, yurtimiz osmoni musoffo va Vatanimiz mustaqilligi bardavom bo‘lishini tilab duoi fotihalar qilishdi.

BAYRAM ARAFASIDA KAM TAʻMINLANGAN OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
30 Avgust, 2025 yil | 65