Bugun «ICTWEEK Uzbekistan – 2025» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. To‘rt kun davomida Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda xalqaro AKT kompaniyalari ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazmalar tashkil etilib, turli yo‘nalishlarda tanlovlar ham o‘tkaziladi.
Haftalik doirasida bir qator tadbirlar, jumladan «Mgov Award» konferentsiyasi – eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish tanlovi, BAA hamkorligida davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturchilar o‘rtasida bellashuv ham tashkil etiladi. Tanlovning maqsadi – yoshlarning IT sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
«ICTWEEK» haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan ko‘rgazmada O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi vakillari ham ishtirok etib, Courseria, Aloqa ventures va Yandex kabi kompaniyalar namoyish etayotgan mahsulotlari bilan tanishdilar. Kompaniya vakillari bilan muloqot qilib, istiqbolli loyihalar haqida o‘zaro fikr almashishdi. Kelajakda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi.