O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Andijon viloyatida joylashgan Sayyid Muhyiddin maxdum o‘rta maxsus islom bilim yurtida madaniy-maʻrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi, «Vaqf» xayriya jamoat fondi viloyat filiali tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda bilim yurti mudarris-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning hayotimizda tutgan o‘rni, ularning sharafli kasbi haqida iliq fikrlar bildirilib, bu kasb sohiblari har doim ehtiromga munosib ekanligi taʻkidlab o‘tildi.
Tadbir so‘nggida ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.