O'zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan "Muruvvat karvoni" loyihasi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida xayriya yuklari tarqatilgan edi.
Bugun, 25 yanvarь kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan “Muruvvat karvoni”ning navbatdagi xayriya yuklari Andijon viloyati tomon yo'lga chiqdi.
Ushbu viloyatda xayriya tadbirlari joriy yilning 26 yanvarь kuni Andijon shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan. "Vaqf" fondining yuk avtomashinasida nogironlar uchun aravalar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, diniy-ma'rifiy kitoblar va boshqa zaruriy buyumlar ushbu viloyat tomon yo'lga tushdi.
Ma'lumot uchun, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yuborilmoqda.
Bunda, 20 dona nogironlik aravachasi, 500 kg shakar, 550 litr yog', "Rasululloh ramazonda" audio diski, Hazrati Qusam ibn Abbos-Shohizinda, Tafsiri Irfon (19-22 juz), (22-25 juz), (26-28 juz) singari kitoblar o'rin olgan.
Quyidagi fotolavhalarda Fond rahbariyati hamda xodimlarining xayriya yuklarini taqsimlash jarayonini ko'rishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda Fond tomonidan “Ilmga ko'mak beramiz”, “Malham”, “Nikoh to'ylari”, “Ro'zg'or”, “Ehtiyojmandlarga ko'mak”, “Obod xonadon”, “Obi-hayot” kabi aktsiyalar amalga oshirib kelinmoqda. Siz ham ushbu xayrli ishlarga o'z hissangizni qo'shing!
“Vaqf” fondi xayru ehsonlaringizni o'z egalariga yetkazishda ochiqlik va xolislikni kafolatlaydi. Mablag'larni shaffoflik asosida haqdorlarga yetkazilayotganini vaqf.uz sayti orqali kuzatib boring!
Siz ham hissangizni qo'shing: ➡️ http://vaqf.uz/uz/promote
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati