«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining tinim bilmas volontyorlari yana bir yurtdoshimizning dardiga darmon bo‘lishdi. Kecha volontyorlarimiz saxovatli xalqimiz ehson qilgan 35 ming AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ni jigar sirrozi kasaliga chalingan, uzoq vaqtdan buyon bu dard bilan kurashib kelayotgan Umidaxon Abdurahimovaga topshirdilar.
Endi yurtdoshimizni muhim jarrohlik amaliyoti kutib turibdi. Yaratganning fazlu karami bilan Umidaxon darddan forig‘ bo‘ladi, inshaalloh!
Mazkur xayriya aktsiyasiga kimki hissa qo‘shgan bo‘lsa, barchasini Alloh o‘zi siylasin! Ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlasin!