IMOM-XATIBLAR 60 TA EHTIYOJMAND OILAGA KIRIB BORDI

Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Asaka tumanidagi “Fayziobod” jome masjidida viloyat shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari hamda hojilar ishtirokida tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida sayyor seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval seminar ishtirokchilari – shahar va tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga borishiib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazishdi. Ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganildi. Bu jarayonda 60 ta kam taʻminlangan, ehtiyojmand oilaga «Vaqf» xayriya jamoat fondining Andijon viloyati filiali hamda homiylari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar xayriya qilindi.

IMOM-XATIBLAR 60 TA EHTIYOJMAND OILAGA KIRIB BORDI
23 Yanvar, 2026 yil | 6