XAYRIYA YUKLARI SURXONDARYOGA YO‘L OLDI

Bir necha yillardan buyon Turkiya Respublikasi Ramazon oyi arafasida mamlakatimizda yashayotgan ehtiyojmand oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini xayriya qilib keladi. Bu anʻana joriy yilda ham davom etib, yaqinda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 900 dona birlamchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat qutilar «Vaqf» xayriya jamoat fondiga topshirildi.

Turkiya elchixonasi diyonat bo‘limi rahbari Mahmut Turkning taʻkidlashicha, ushbu xayriya mahsulotlari qardosh o‘zbek xalqi uchun o‘ziga xos Ramazon tuhfasidir. Bu mahsulotlar haqdor, kam taʻminlangan oilalarga yetib borsa, ular bundan xursand bo‘lib, Ramazon oyini xushnudlikda o‘tkazsa murodimiz hosil bo‘ladi, dedi elchixona vakili.

Xayriya mahsulotlarini qabul qilib olish va manzilga kuzatish tadbirida fondning xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘limi rahbari Mirjalol Qosimov, fond masʻul xodimi Ziyodulla Abdullaev ishtirok etdi. Ushbu xayriya Ramazon-2026 xayriya aktsiyasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, ushbu yuklar Surxondaryo viloyatining olis va chekka hududlaridagi kam taʻminlangan, nogironligi bor oilalarga yetkaziladi.

XAYRIYA YUKLARI SURXONDARYOGA YO‘L OLDI
18 Fevral, 2026 yil | 8