“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari I. Xalilov joriy yilning 21 fevralь kuni Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan Bahouddin Naqshband hazratlarining ustozi Said Amir Kulol hazratlarining nomi bilan bog'liq majmuani ziyorat qildi. I. Xalilov ziyorat asnosida majmuada olib borilayotgan obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash ishlar bilan tanishdi.
“Said Amir Kulol” majmuasida homiylarni jalb qilgan holda 1000 nafar namozxonga mo'ljallangan jome masjid, 100 o'rinli tahoratxona, hojatxona hamda 2 ta kulolchilik ustaxonasini qurilmoqda. Shuningdek, majmua hududida yo'laklar yotqizish, ko'chatlar ekish, bog'dorchilik, ayvonlar qurish va boshqa obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari I. Xalilov Kogon tuman hokimi Jumayev Yo'dosh G'ofurovich bilan uchrashib, majmuada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, qurilish va ta'mirlash ishlarini takomillashtirish yuzasidan maslahatlashib oldilar.
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati