Endi Paynet orqali mablag'ingizni vaqf qilish imkoni yaratildi

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bugungi kunda ko'plab xayrli aktsiya va loyihalar yo'lga qo'yilmoqda.

 

Ushbu loyihalarni amalga oshirishda sahovatpesha vatandoshlarimizning ko'magi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Yurtdoshlarimizdan kelib turli to'lov usullari orqali kelib tushayotgan ehsonlar o'z haqdorlariga yetkazilmoqda.

 

8 mingdan ortiq kuzatuvchilarga ega bo'lgan "Vaqf" xayriya jamoat fondini qo'llab-quvvatlovchilarning Telegram messendjeridagi @vaqfuz kanali va @vaqfuzguruhi guruhlarida bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda Fond tomonidan yana bir ommalashgan to'lov usuli orqali to'lash imkoniyati yaratildi.

 

Paynet tizimi orqali endilikda to'lash qulay bo'ladi. O'zingizga yaqin joyda joylashgan Paynet shoxobchasi orqali mablag'ingizni vaqf qilishingiz, zakotni to'lashingiz, xayriya aktsiyalariga mablag' o'tkazishingiz mumkin bo'ladi.


"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

27 Fevral, 2019 yil | 1175