“Vaqf” fondi Navoiy viloyatidagi mahallalar kutubxonalariga kitoblar hadya qildi

“Yaratgan Robbing nomi bilan o'qi” Alaq surasi 1-oyatida keltirilgan ushbu xitob biz bandalarga barcha narsadan xabardor Buyuk va Qudratli Zot tomonidan ta'kidlanmoqda. Zero, ilm insonni dunyo va oxiratda aziz va mukarram qiladi. Tabiiyki ilm jam bo'lgan kitob insonlar uchun qadrdon do'st va hamrohdir. 

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan “Kitob” aktsiyasi doirasida Respublikamizning barcha viloyatlariga diniy, ma'rifiy va ma'naviy ozuqa beruvchi kitoblar olis hududlargacha vaqf qilib berilmoqda. 

Mana shunday xayrli tadbirlardan biri Navoiy viloyatida ham bo'lib o'tdi. Viloyatning Navoiy shahrida joylashgan Alisher Navoiy jome' masjidi, Karmana tumanidagi Qosim shayx majmua masjidlari va bir nechta mahalla kutubxoanalariga fond tomonidan o'nlab turdagi kitoblardan bir yecha yuz nusxada taqdim etilib, aholining mutolaa ehtiyojlari qondirilishiga sabab bo'ldi.  

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollalloxu alayhi vasallam: «Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir», – dedilar.           


Saxovatpesha vatandoshlarimizni ilm yo'lida hamkorlik qilishga chorlab qolamiz! Zero, ushbu kitoblar qancha vaqt davomida necha insonlarning ezgulik sari yo'l olishiga xizmat qilsa hadya qilgan inson uchun ajri savoblar yozilib turadi.

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

11 Iyun, 2019 yil | 1382