"Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan imkoniyati cheklangan fuqarolarga ko‘p tomonlama yordam ko‘rsatib kelinmoqda, jumladan joriy qilingan "Obod xonadon" aksiyasi doirasida fuqarolarimizga yashash sharoitlarini yaxshilash, xususan uylarini qurish, ta’mirlash ishlariga ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Aksiya xashar yo‘li bilan tashkil qilingan bo‘lib, unda savob umididagi sahovatpesha aka-ukalar, opa-singillarimiz o‘zlarining mablag‘larini yoki qurilish materiallarini ehson qilishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilishi va ta’mirlash ishlari qo‘lidan keladigan insonlar esa hasharda ishtirok etishlari mumkin. Yaxshilik qilishning turli imkoniyatlari yaratilgan.
Joriy yilning iyun oyida "Obod xonadon" aksiyasi doirasida Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Fondga uyini ta’mirlashda ko‘mak so‘rab murojaat qilgan edi. Ushbu fuqaro bir nafar nogiron farzandni voyaga yetkazib, endilikda uni uylantirish harakatida ekanligini bildirgan. Xolida opa Absalyamova o‘g‘illarini uylantirish munosabati bilan xonadonini ta’mirlash uchun qo‘li kaltalik qilayotganini qayd etgan. Fond homiylari ko‘magida ushbu xonadon uchun qurilish materiallari olib berildi.
Endilikda yana bir qancha qurilish materiallari sotib olinishi zarur. Aksiyaga homiylik qilmoqchi bo‘lgan aka-ukalarimizni, muruvvatli insonlarni Alloh yo‘lida muhtoj insonlarga ko‘mak berishga hamda qurilish-ta’mirlash ishlarini savob umidida amalga oshira oladigan ustalarni hamkorlikka chaqiramiz!
Alloh taolo O‘zining Kalomida "Sadaqani oshkora qilsangiz qandoq ham yaxshi. Agar maxfiy qilsangiz va faqirlarga bersangiz, bu siz uchun yaxshidir. Sizdan gunohlaringizni yuvadi. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir", deya marhamat qiladi (Baqara surasi, 271-oyat).
Suyukli Payg‘ambarimizdan keltirilgan hadisda shunday deyiladi:
"Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisda: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Yon qo‘shnisi och o‘tirganini bila turib qorni to‘q yotgan kishi mo‘min emas”, dedilar (Imom Hokim rivoyati).
Shunday ekan biz mo‘minlar Alloh va Uning Rasuli ko‘rsatgan ko‘rsatmalarni sidqidildan bajarishga intilmog‘imiz lozim.
“Obod xonadon” aksiyasi
Karta raqami:⤵️
8600 3029 1941 0727 Mas’ul shaxs: To‘rayev Zoxidjon
Fondga bir nechta usullar orqali mablag‘ o‘tkazish mumkin. Payme, Mbank, Oson va Click to‘lov tizimlari vositasida, to‘lov topshiriqnomasi asosida bank orqali pul o‘tkazishlari mumkin.
To‘lov topshiriqnomasi orqali to‘lamoqchilar uchun:
Oluvchi: «VAQF» xayriya jamoat fondi, STIR 207 276 595
Bank rekvizitlari:
x/r 20212000900881753015 ATIB “Ipoteka-bank”Yunusobod filiali, bank kodi 00837, bank STIR 202235389
"Vaqf" xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati