Vaqf xayriya jamoat fondiga kelib tushgan mablag‘lar uch milliard so‘mdan oshdi

Vaqf xayriya jamoat fondi hisobiga 19 iyun kuni 1 532 664 548 so‘m kelib tushdi.

Shundan:

Zakot, ushr, fitr va fidya uchun: 167 630 878 so‘m

Xayriya uchun: 1 314 202 272 so‘m; so‘m;

Vaqf uchun: 50 831 398 so‘m kelib tushgan.

15, 15, 17, 18 iyun (bank ish kuni bo‘lmaganligi uchun bitta qilib e’lon qilinmoqda) kunlari 1 339 631 006 so‘m kelib tushgan edi.

Umumiy hisobda fondning hisob raqamida 3 264 311 833 so‘m yig‘ildi.

Nima uchun hisob raqamlarga ko‘p pul tushdi?

O‘zbekistondagi barcha masjidlarning hayit kungi tushumlari Vaqf xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga o‘tkazilmoqda. Shuning uchun fondga mablag‘lar sezilarli darajada oshib ketdi.

Masjidlar pulsiz qoladimi? Ehson pullari endi vaqfga tegishlimi?

Yo‘q, masjidlar pulsiz qolmaydi. Ehson pullari ham masjidlarga tegishli bo‘lib qoladi. Avval bo‘lib kelgan tizim davom etadi. Ya’ni, avval masjidlar tushgan mablag‘larning ma’lum qismini musulmonlar idorasiga, ma’lum qismini viloyatdagi vakilliklarga o‘tkazishar edi. Vaqf xayriya jamoat fondiga yuklatilgan vazifa shundan iborat-ki, endlikda fond mablag‘larni taqsimlovchi bo‘ladi. Bu nima degani, endilikda fond masjidlarga mablag‘larini taqsimlash bilan birgalikda ularning ehtiyoji uchun kerak bo‘lgan summani ham berishni, masjidlarni qayta qurish yoki ta’mirlashni ham o‘z zimmasiga oladi.

Odamlarning xayriya pullari masjidlarning puli bilan bir hisobda turadimi?

Yo‘q, odamlarning xayriya pullari masjidlar bilan bir hisobda turmaydi. Endilikda fondda masjidlar uchun alohida hisob raqam ochilgan bo‘lib masjidlar bilan bog‘liq ishlar o‘sha hisob raqamda olib boriladi. Odamlardan kelayotgan xayriya mablag‘lari xayriya ishlariga safarbar etiladi.

Vaqf xayriya jamoat fondi barcha savollar uchun ochiqligini, istalgan savol yoki mulohaza yuzasidan fondga murojaat etish mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Murojaat uchun telefon: +99871 1506436

20 Iyun, 2018 yil | 2320