"VAQF" xayriya jamoat fondining ilk mehmonxonasi o‘z faoliyatini boshladi

Surxondaryo viloyatida Hakim Termiziy ziyoratgohi yaqinida ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida yangi mehmonxonaning ochilish marosimi o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Axmedovlar mazkur qadamjoga tashriflari doirasida vaqf mehmonxonasini ochib berdilar.

Tadbirda shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov va viloyat bosh imom-xatibi Aliakbar Sayfuddinov ishtirok etdi.

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

 

Yangi mehmonxonada ziyoratchilar uchun barcha qulayliklarga ega shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, zamonaviy uslubda jihozlanganligi qayd etildi. Mazkur mehmonxona 70 o‘ringa ega bo‘lib yuqori xizmat ko‘rsatuvchi qulayliklarga ega lyuks hamda yarim lyuks xonalarni o‘z ichiga oladi. Mehmonxona hududida 1 ta choyxona va 1 ta restoran mavjud. Bu esa ham dam oluvchilar, ham yo‘lovchilar uchun xohlagan vaqtda kelib tanavvul qilish imkoniyatini yaratadi. 

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

vaqf.uz

 

 

Yana bir jihati mehmonxonaning Toshkent-Termiz xalqaro magistral trassasining yonida ekanligi. Bu esa Iso Termiziy, Sulton Saodat, Kampirtepa, Fayoztepa hamda Hakim Termiziy ziyoratgoh va tarixiy yodgorliklariga tez fursatda etib olish imkonini beradi. 

 

Shuningdek ochilish marosimi davomida viloyatdagi 30 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga nogironlik aravachalari topshirildi.

 

vaqf.uz

 

 

Mehmonxonada musulmon sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida har bir xonaga Qur’oni karim, joynamoz qo‘yilishi va Qibla ko‘rsatgichi o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

 

Bundan tashqari, istiqbolda mehmonxonani halol standartiga mos holatga keltirish ko‘zda tutilgan.

 

Mehmonxona faoliyatidan kelib tushgan mablag‘lar vaqf mulklarini tasarruf etish hamda xayriya maqsadlari uchun ishlatiladi.

 

«Vaqf» xayriya jamoat fondi ushbu mehmonxonaning tashkil etilishi va faoliyatining yo‘lga qo‘yilishida ko‘mak ko‘rsatgan saxovatpesha homiylarga o‘z minnatdorligini bildiradi. Qilgan ehsonlaringizni Alloh huzurida qabul aylasin.

 

 

"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati

14 Oktyabr, 2019 yil | 1817