"Vaqf" xayriya jamoat fondining hududiy filiallari tomonidan doimiy ravishda muhtoj oilalar holidan xabar olish bilan bog‘liq xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinadi. Shunday tadbirlar Fondning Samarqand viloyat filiali tomonidan tashkil etildi.
Ushbu xayriya tadbirlari davomida nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali, yolg‘iz yashovchi va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Viloyatning Nurobod tumani Oqsoy MFYda yashovchi beshta oilaga, Samarqand shahar Go‘ri Amir MFY, Xo‘ja Doniyor MFY hamda "Shoxruh" ko‘chalarida yashovchi o‘nga yaqin nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Samarqand shahrida joylashgan "Murod Avliyo" masjid-ziyoratgohi ma’muriyati tomonidan homiylar jalb qilingan holda shahardagi "Bog‘bonlar" mahallasida yashovchi saraton kasalligi bilan og‘rigan, besh nafar farzandini boqishda qiynalgan oilaga 500 ming so‘m mablag‘ hamda oziq-ovqat mahsulotlari ehson qilindi.
Alloh taolo muhtojlarga ehsonlarni ulashishda ko‘mak ko‘rsatgan homiylarning savobli ishlariga ulkan ajrlar bersin!
"Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati