Vaqf qilingan kitoblar Jizzax viloyatidagi masjidlarga yetkazildi

18 iyul kuni “Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi” doirasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi 5 ta masjidga va Sharof Rashidov tumanidagi 26 ta masjidga jami hisobda 36 mln so‘mlik 33 turdagi 1240 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga yurtimizda nashr etilgan “Muallimi soniy”, “Hazrati Nuhning kemasi va to‘fon voqeasi” kitoblari va tasbehlar ikki donadan, “Qur’oni karim”, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mo‘jizalari”, «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasiyatlari”, “So‘ragan edingiz” 1-2 to‘plam, “Oilada farzand tarbiyasi” kitoblari, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, “Odoblar xazinasi” to‘plami, “Islom tarixi” to‘plami, “Hadis va hayot” kitobidan bir juz, “Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq”, “Baxtiyor oila”, “Amallar niyatga bog‘liq”, “Zikr ahlidan so‘rang” kitobining 2, 5-qismlari, “Oltin silsila” 6-juzi, “Halol ochiq - oydindir, harom - ochiq oydin”, “Isrof”, “Qarz va unga bog‘liq masalalar”, “Sog‘lom bola”, “Tasavvuf haqida tasavvurlar”, “Zuhd va hayo” kitoblari bir donadan Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

 

Undan tashqari “O‘kinma”, “Ihyo ulumiddin”, “Qarz”, “G‘iybat o‘zi nima?”, “Qur’on qalblar shifosi” “Yengil amallar”, “Nurul basar”, “Dunyo va din odobi” “Ahmad Lutfiy Qozonchi”, “Bir vijdon uyg‘onur”, “Musulmonning 35 odobi”, “Abu Homid G‘azzoliy”, “Osonlashtirilgan tajvid qoidalari”, “Men ham namoz o‘qiyman” kabi kitoblar ham masjidlarga taqdim etildi.

Aksiyaning uchinchi bosqichida mablag‘larini vaqf qilgan yoki aksiyani ulashib bo‘lsada yordam bergan barchaga rahmat deb qolamiz.

Faol bo‘laylik! To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Alloh yo‘lida vaqf qilish imkonini qo‘ldan boy bermaylik, Allohning uylarini ilmu ma’rifatga to‘ldiraylik!

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilgan mablag‘lar evaziga hozirgi kungacha 63 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta’minlandi. Siz ham ushbu aksiyani qo‘llab-quvvatlang!

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 5763 1232 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:
+998974490456 (Temurbek)
+998909074554 (Shavkatbek)

19 Iyul, 2018 yil | 2549