“Vaqf” xayriya jamoat fondi yaxshilik ulashishda davom etmoqda

“Vaqf” xayriya jamoat fondi xayri-ehson ulashishda davom etmoqda. Ushbu fondning rivoj topishi faqat va faqat siz azizlarning mehr-muruvvatingiz sababidandir.

“Vaqf” xayriya jamoat fondiga mehribon va saxovatli fuqarolarimiz tomonidan bemorlar uchun maxsus hassalar keltirilgan.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqa, yaxshilikka buyurishing ham sadaqa, yomonlikdan qaytarishing ham sadaqa, yo‘ldan adashgan kishini to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishing ham sadaqa, ko‘zi ojiz kishiga yordam berishing ham sadaqa, yo‘lni yuzida yotgan toshni, tikanni, suyakni chetga olib qo‘yishing ham sadaqa, chelagingdagi suvdan birodaringni chelagiga quyib berishing ham sadaqadir” (Imom Termiziy rivoyati).

“Vaqf” xayriya jamoat fondi omonatlarni o‘z egalariga yetkazish uchun Sizlardan ushbu anjomlarga ehtiyoji bor insonlarni topishda ko‘maklashishingizni so‘raydi.

Murojaatlar uchun telefonlar: 150-64-36, 150-64-37

“Vaqf” xayriya jamoat fondi yaxshilik ulashishda davom etmoqda
31 Iyul, 2018 yil | 2393