Vaqf xayriya jamoat fondi diniy ta’lim muassasalari talabalari uchun maxsus aksiya e’lon qiladi

“Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling!” (Moida surasining 2 oyatidan)

“Vaqf” xayriya jamoat fondi yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy ta’lim muassasalari talabalarining to‘lov-kontraktiga yordam berish maqsadida “Ilm yo‘lida ko‘mak beramiz” nomli keng ko‘lamli xayriya aksiyasi boshlaganini ma’lum qiladi.

Aksiyaga ko‘ra, diniy ta’lim muassasalarida ta’lim oladigan talabalarga to‘lov-kontrakt, ilm o‘zlashtirishda o‘zining yetakchiligi uchun rag‘batlantirish mablag‘lari yig‘iladi.

To‘lov-shartnoma mablag‘lari yig‘ilgan mablag‘ga ko‘ra o‘quv yili davomida ikki bor (semester avvalida) beriladi.

Aksiyada har bir kishi pul o‘tkazish orqali qatnashishi mumkin.

Azizlar, ertangi kelajagimiz bo‘lgan bo‘lajak imom-xatib, ulamolarni rag‘batlantirishda faol bo‘laylik!

“Vaqf” xayriya jamoat fondi ushbu aksiyani yoritishda OAV va keng jamoatchilikdan ko‘mak so‘rab qoladi.

So‘mda pul o‘tkazish uchun plastik raqami (istalgan miqdorda, cheklovlar yo‘q):

8600 3104 0344 3450 (Bakiyev Hakim nomida)

Murojaat uchun telefon:97 4490456 (Temurbek)

3 Avgust, 2018 yil | 2024