Kasb-hunarga ega ammo faoliyat yuritishi uchun asbob uskunasi yo‘q, nochor hamyurtlarimiz uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan «Vaqf ko‘magi» loyihasi Andijon viloyatida davom ettirildi.
Dastlab Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida 20 va 40ta oilaga texnikalar berilgandi. 6 noyabr kuni Andijon viloyatida «Vaqf ko‘magi» xayriya tadbiri doirasida 30 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni ijtimoiy foydali mehnatga bevosita jalb qilish orqali qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi va 10 ta oilaga qandolat elektr pechlari taqdim etildi.
Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan tikuv mashinalari va turli pishiriqlar pishirish uchun mo‘ljallangan pechlarni topshirish marosimida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud Aliyev, “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari birinchi o‘rinbosari Muzaffar Salomov ishtirok etdi.Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga homiylar tomonidan kiyim-kechaklar va sovg‘alar xayriya qilindi.Alloh taolodan so‘raymizki, ushbu uskunalar sabab mazkur oilalar kambag‘allikdan chiqib, daromadli oilalarga aylanadi.
VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati