Sochlarining soni miqdoricha gunohingiz to‘kiladi

VAQF fondi homiylar bilan hamkorlikda Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanidagi 15-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun shirinliklar va sovg'alar ulashdi.

Shuningdek, Toshkent shahar filialida otasi vafot etgan 6 nafar yetim bolalar uchun ham homiylar tomonidan hadyalar va 1 000 000 so‘m xayriya qilindi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim yetimning boshini rahm qilib silasa, Alloh taolo unga qo‘li tekkan har bir soch miqdoricha yaxshilik yozadi, har bir soch miqdoricha yomonliklarini o‘chiradi va har bir soch miqdoricha uning darajasini ko‘taradi".

Yetimni xursand qilganni Alloh mukofotlasin!

Sochlarining soni miqdoricha gunohingiz to‘kiladi
13 Noyabr, 2021 yil | 370