Yurtimizning olis hududlaridagi chekka tuman va qishloqlarda istiqomat qiluvchi moddiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari holidan xabar olish, diniy ta'lim muassasi ustoz-talabalari bilan uchrashish, ichimlik suvi yo'q qishloqlarda suv chiqarish, "Vaqf ko'magi" loyihasini o'tkazish va boshqa bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ayni damda Vaqf fondi rahbari Yahyo domla Ubaydulloh o‘g‘li va o‘rinbosari Muzaffar Salomovlar Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrifning ilm manzili Kitob tumanidagi Xo‘ja Buxoriy madrasasi bo‘ldi. Ushbu ta‘lim dargohida ta‘lim berayotgan 21 nafar ustozlarga oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi. Shuningdek madrasa hovlisiga Yahyo domla tomonidan ko‘chat ekildi.