VAQF fondi "HYDROLIFE" kompaniyasi bilan hamkorlik tanlov o'tkazdi

Yurtimizning olis hududlaridagi chekka tuman va qishloqlarda istiqomat qiluvchi moddiy ko‘makka muhtoj aholi vakillari holidan xabar olish, diniy taʼlim muassasi ustoz-talabalari bilan uchrashish, ichimlik suvi yo‘q qishloqlarda suv chiqarish, "Vaqf ko‘magi" loyihasini o‘tkazish va boshqa bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 27-28 noyabr kunlari Vaqf fondi rahbari Yahyo domla Ubaydulloh o‘g‘li va o‘rinbosari Muzaffar Salomovlar Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi.

Tashrifning ilm manzili Kitob tumanidagi Xo‘ja Buxoriy madrasasi bo‘ldi. Madrasada "HADIS, FIQH, AQOID" bilimdoni tanlovi o‘tkazildi. Taʼkidlash joizki mazkur musobaqa VAQF fondi hamda "HYDROLIFE BOTTLERS" kompaniyasi bilan hamkorlikdagi homiylik asosida tashkil etildi.Tanlov natijalariga ko‘ra 4-kurslar bo‘yicha:

1-o‘rin sohibi G‘aybullayev Sirojiddin Samsung A72 telefoni va kitoblar bilan;

2-o‘rin sohibi Xojiasrorov Ahliddin 3 500 000 so‘m pul va kitoblar bilan;

3-o‘rin sohibi Ibragimov Ahmadjon 2 500 000 so‘m pul va kitoblar bilan taqdirlandi.

3-kurslar bo‘yicha:

1-o‘rin sohibi Uzoqov Abdumannon Samsung A72 telefoni va kitoblar;

2-o‘rin sohibi Sharobov Xurshid 3 500 000 so‘m pul va kitoblar;

3-o‘rin sohibi Sobirov Sardorxon 2 500 000 so‘m pul va kitoblar bilan taqdirlandi.

2-kurslar bo‘yicha:

1-o‘rin sohibi Tojiyev Abduxoliq Samsung A72 telefoni va kitoblar;

2-o‘rin sohibi Jo‘rayev Tohir 3 500 000 so‘m pul va kitoblar;

3-o‘rin sohibi Sharifboyev Abdulatif 2 500 000 so‘m pul va kitoblar bilan taqdirlandilar.G‘oliblarga "HYDROLIFE BOTTLERS" kompaniyasi va VAQF fondining qimmatbaho sovg‘alari, diniy-maʼrifiy kitoblar va sertifikat bilan taqdirlandi.

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

VAQF fondi
29 Noyabr, 2021 yil | 405