Bugun, 1 dekabr kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari O'tkir Xasanboev, Ta'lim bo'limi boshlig'i S.Sherxonov, VAQF fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov va o'rinbosari Muzaffar Salomovlar diniy ta'lim muassasalari talabalari bilan uchrashish va yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Andijon viloyatidagi "Sayyid Muhyiddin maxdum" madrasasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida fond rahbari Yahyo Abdurahmonov tomonidan iqtidorli talabalarga diniy-ma'rifiy kitoblar jamlanmasi va madrasa moddiy texnik bazasini yanada rivojlantirish uchun 20 000 000 so'm mablag'ni xayriya sifatida topshirdilar.
Tashrif davomida bir nechta xayriya tadbirlari jumladan, masjidlar va xonadonlarga tashrif buyurish rejalashtirilgan