VAQF fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovning Andijon viloyatidagi galdagi tashrifi, nogironligi bor bo'lgan fuqarolar xonadoni bo'ldi.
Dastlab, fond rahbariyati Jalaquduq tumani, So'fi qishlog'ida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironi Farxodbek Madaminov holidan xabar olib, ularga zarur bo'lgan nogironlar aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qildi.
So'ngra ustozlar Qo'rg'ontepa tumani, Chimyon qishlog'ida yashovchi 1-guruh nogironi, D.Matyoqubovaning uyiga borib, ularning haqqiga duo qildilar va nogironlik aravachasi bilan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etdi.
Tashrif davom etmoqda...