Qashqadaryolik muhtojlarga issiq kiyimlar ulashildi

Bugun, 2 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida, VAQF fondi viloyat filiali tomonidan vohadagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nogironligi bor oila vakillari hamda «MEHR» amaliyoti orqali urush o‘choqlaridan vatanimizga olib kelingan hamyurtlarimiz uchun qiymati 12 600 000 so'mlik 145 dona qishki issiq kiyim-kechaklar xayriya sifatida taqdim etildi.

Xayriyaga hissa qo'shganlardan Alloh rozi bo'lsin!

Qashqadaryolik muhtojlarga issiq kiyimlar ulashildi
2 Noyabr, 2021 yil | 389