Qoraqalpog'istonda xayriya tadbiri o'tkazildi

VAQF xayriya jamoat fondi Qoraqalpog'iston respublikasi filiali tomonidan 14 dekabr kuni Nukus shahridagi IIV qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam berish markazida xayriya tadbiri o'tkazildi.

Tadbir davomida fond tomonidan markazdagi bolalar uchun qishki issiq kiyimlar va diniy-ma'rifiy kitoblar xayriya qilindi.

Qoraqalpog'istonda xayriya tadbiri o'tkazildi
15 Dekabr, 2021 yil | 419