Surxondaryo viloyatining, Termiz tumanida joylashgan "Hakim Termiziy" ziyoratgohi hududida, xorijiy va mahalliy ziyoratchilarga qulaylik yaratish maqsadida VAQF fondi tomonidan toza ichimlik suvi artezian qudug'i qazib chiqarildi. Ta'kidlash joizki ushbu ziyoratgoh hududida fondning "Tashrif" mehmonxonasi ham joylashgan.
Shu bilan fond tomonidan qazib chiqarilgan quduqlar soni 80 taga yetdi.