Bugun, 15 yanvar kuni VAQF xayriya jamoat fondi Turkiyaning Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi "Suzuk ota" majmuasida xayriya tadbiri o'tkazdi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor 100 nafar oilaga 21 600 000 so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.
Mazkur xayriya tadbiri yurtimiz bo'ylab davom etadi va jami 500 nafar oilalarga 108 000 000 so'mlik oziq-ovqat mahsulotlar xayriya qilinishi rejalashlashtirilgan.