Avval xabar qilganimizdek VAQF xayriya jamoat fondi va Turkiyaning Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda yurtimiz bo'ylab 5 ta viloyatda xayriya tadbirlari o'tkazilmoqda. Mazkur xayriya tadbirining navbatdagi bosqichi Samarqand viloyatida ham o'tkazildi.
Tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor 100 nafar oilaga 21 600 000 so'mlik oziq-ovqat mahsulotlari xayriya qilindi.
VAQF xayriya jamoat fondi matbuot xizmati