Ayni qishning qahraton kunlari muhtoj oilalarning qalbiga, xonadonlariga issiqlik olib kirish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan savobli ishga qo‘l urildi.
Mana shunday xayrli ishlardan biri Xorazm viloyati filiali tomonidan viloyatning gaz tarmog'iga ulanmagan hududlaridagi, moddiy ko'makka muhtoj 10 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari, pech va ko'mir mahsulotlari xayriya qilindi.
Muhtoj oilalar homiylar va hissa qo'shganlar haqqiga duolar qilib, sihat-salomatlik tiladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladi. «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim bir mo‘minni dunyo g‘amlarining biridan xalos etsa, Alloh taolo uni qiyomat g‘amlarining biridan xalos qiladi. Kim nochorga oson qilsa, Alloh taolo unga dunyo va oxiratda oson qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh taolo dunyo va oxiratda uning aybini berkitadi. Kim birodariga yordam berishda davom etaversa, Alloh taolo unga yordam beraveradi...» (Imom Buxoriy rivoyati).
Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!
“Vaqf” xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati