31 yanvar - 1 fevral kunlari Toshkent shahri mahalla fuqarolari yig‘inlari bilan hamkorlikda boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan va boshqa og‘ir ahvoldagi 20 ta oilalarning har biriga elektr energiyasi va gaz taʼminoti uchun 500 ming so‘mdan moddiy yordamlar berildi.
Hamshaharlarimiz tadbir tashkilotchilari va homiylarimiz xaqlariga duo-xayrlar qilishdi.
Azizlar, Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisga muvofiq «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim bir mo‘minni dunyo g‘amlarining biridan xalos etsa, Alloh taolo uni qiyomat g‘amlarining biridan xalos qiladi...»
(Imom Buxoriy rivoyati).
Shu kabi xayrli ishlarda biz bilan bo‘ling!
Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!
Vaqf xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati