Buxoroda nochor oilalar uchun ko'mir, issiq pol va pechlar xayriya qilindi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida o'nlab xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Avval xabar qilganimizdek, qishning sovuq kunlarida ijtimoiy ko'makka muhtoj, nochor, nogironligi bor, boquvchisi yo'q oilalarga isitish pechi, ko'mir, elektr pechlar xayriya qilinmoqda. 

Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi, Buxoro viloyati filiali tomonidan, moddiy ko'makka muhtoj, nogironligi bor 8 ta oilaga, uylarini isitish uchun pech, tayyor issiq pol va 4,5 tonna ko'mir xayriya qilindi.

“Imon keltirgan bandalarimga ayting, namozni to‘kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, oshna-og‘aynigarchilik bo‘lmaydigan Kun kelmasdan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq-ehson qilsinlar” (Ibrohim surasi, 31-oyat).

Alloh homiylardan rozi bo'lsin!

Vaqf xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Buxoroda nochor oilalar uchun ko'mir, issiq pol va pechlar xayriya qilindi
3 Fevral, 2022 yil | 364