Avval xabar qilganimizdek, sovuq kunlarda muhtoj oilalarning qalbiga, xonadonlariga issiqlik olib kirish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan savobli ishga qo‘l urilgan edi.
Shunday xayrli ishlarning navbatdagisi “Vaqf” fondi Farg‘ona viloyati filiali tomonidan amalga oshirildi. Viloyatdagi 20 ta ehtiyojmand, boquvchisi yo‘q, nogironi bor xonadonlarga 5240 kg ko‘mir va 10 dona gaz ballon xayriya qilindi.
Payg‘ambarimiz alayhissalom aytadilar: “Rizqingizga sadaqa bilan ko‘mak bering”.
Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!
Vaqf xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati