Qashqadaryoda nochor oilalarga gaz plita va elektr pechlar xayriya qilindi

Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimiz bo'ylab ko'plab xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xabar qilganimizdek, bir necha kunlardan beri sovuq kunlarda nochor oilalar holidan xabar olish, xonadonlarining isishiga ko'maklashish maqsadida xayriya ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Vaqf fondi Qashqadaryo viloyati filiali tomonidan hududdagi nochor, ko‘makka muhtoj, boquvchisi yo‘q 19 ta xonadonga elektr pech,19 ta xonadonga gaz ballon va plita, 18 ta xonadonga elektr to‘lovi uchun har biriga 100 ming so‘mdan mablag'lar xayriya qilindi.

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Sizlardan birortangiz o‘zi yaxshi ko‘rgan narsasini birodariga ravo ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar.

Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!

Vaqf xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Qashqadaryoda nochor oilalarga gaz plita va elektr pechlar xayriya qilindi
5 Fevral, 2022 yil | 383