Vaqf xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati filiali tomonidan hududdagi moddiy ko'makka muhtoj, boquvchisi yo'q, nogironi bor 26 ta oilaga elektr pech va 10 ta xonadonga ko'mir xayriya sifatida taqdim etildi.
Xayriyalarni qabul qilganlar tadbir tashkilotchilari va homiylarimiz xaqlariga duo-xayrlar qilishdi.
Azizlar, Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisga muvofiq «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Kim bir mo‘minni dunyo g‘amlarining biridan xalos etsa, Alloh taolo uni qiyomat g‘amlarining biridan xalos qiladi...»
(Imom Buxoriy rivoyati).
Shu kabi xayrli ishlarda biz bilan bo‘ling!
Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qilayotgan insonlarni Alloh taolo mukofotlasin!
Vaqf xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati