"SIZ BIZGA KERAKSIZ"

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarning hech biri mehr va eʼtibordan chetda emas. Barcha fuqarolar davlatimiz va hukumatimiz g‘amxo‘rligida umrguzaronlik qilmoqda. Xususan, joriy yilning 12 fevral kuni Zangiota tumani “Zangiota” majmuasi masjidida “Siz bizga keraksiz!” shiori ostida “Missionerlikdan ogoh bo‘ling!” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Vaqf fondi Toshkent viloyati filiali rahbari ochib berdi. 

Tadbirni O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassisi Munira Abubakirovaning ko‘rgazmali “Missionerlikdan ogoh bo‘ling!” mavzusidagi maʼruzalari yig‘ilganlarga manzur bo‘ldi. Uchrashuv juda maroqli va qizg‘in kechdi. Jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tdi.

Yig‘ilish yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan uchrashuv ishtirokchilari uchun hadyalar ulashildi, ehson dasturxoni yozilib, osh tarqatildi.

"VAQF" XJF Matbuot xizmati

12 Fevral, 2022 yil | 569