70 nafar bolajonlar uchun xayriya

“VAQF” xayriya jamoat fondi Farg‘ona Viloyat Filiali tomonidan, viloyat karlar jamiyati, Viloyat nogironlar jamiyati, Viloyat ko‘zi ojizlar jamiyati aʼzolarining 70 nafar farzandlariga 70 dona, qiymati 8 400 000 so‘mlik o‘smir yoshdagi o‘g‘il bolalar kurtkasi xayriya qilindi.

Hasan Basriy rahimahulloh aytganlar: “Birorta birodarimning hojatini chiqarishim men uchun yil bo‘yi eʼtikof o‘tirmoqdan ham sevimlidir!”

Yaxshilik yo‘lida biz bilan hamkorlik qiling!

VAQF XJF Matbuot xizmati

70 nafar bolajonlar uchun xayriya
18 Fevral, 2022 yil | 723