Jizzaxda missionerlar tuzog'iga ilingan bir nechta hamyurtlarimiz Islom diniga qaytdilar

Mamlakatimizda inson qadri ulug'ligi va har bir fuqaroga alohida eʼtibor berilishi lozimligi yurtboshimiz tomonidan ko'p bor ta'kidlanmoqda. Bugun, barcha fuqarolar davlatimiz va hukumatimiz g‘amxo‘rligida umrguzaronlik qilmoqda.

Joriy yilning 20 fevral kuni, Vaqf fondi Jizzax viloyati filiali tomonidan viloyatdagi eshitish va gapirishda nuqsoni bor bo‘lgan 100 nafardan ortiq hamyurtlarimiz uchun "Missionerlikdan ogoh bo‘ling" mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Munira Abubakirova ishtirok etdi. Tadbirga ikki nafar surdo tarjimonlari ham jalb qilindi.

Yig‘ilganlarga missionerlarning tuzog‘idan ogoh bo‘lish, ularning turli yolg‘on daʼvolariga uchmaslik haqida maʼlumotlar berildi. Qolaversa, muhtoj oilalarga oziq-ovqat hamda turfa xil kitoblar xayr-ehson qilindi.

Tadbir davomida missionerlarga aldanib, ularning tuzog'iga ilinib, yo'ldan adashgan bir guruh hamyurtlarimiz to'g'ri yo'lga qaytib, Islom dinini qabul qildi.

Tadbirda o‘zlarining minnatdorchiligi va dil izhorlarini aytish uchun so‘zga chiqqan fuqarolar tomonidan ularga ko‘rsatilayotgan bunday mehr va muruvvatdan ko‘ngillari ko‘tarilganini, bunday xayrli ishlari bardavom bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab duoyi xayrlar qildilar.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga hadyalar ulashilib, osh dasturxoni yozildi.

“VAQF” XJF Matbuot xizmati 

Jizzaxda missionerlar tuzog'iga ilingan bir nechta hamyurtlarimiz Islom diniga qaytdilar
21 Fevral, 2022 yil | 753