Xabaringiz bor, VAQF xayriya jamoat fondi, Turkiya davlatining Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda, yurtimiz bo‘ylab xayriya tadbirlarini amalga oshirmoqda. Mana shunday tadbirlarning navbatdagisi, Qoraqalpog‘iston respublikasida ham bo‘lib otdi.
Tadbirda Vaqf fondi Qoraqalpog‘iston respublikasi filiali rahbar xodimlari, qoziyot vakillari, Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi vakili va 100 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar ishtirok etishdi. Mehmonlar va mutasaddilar yig‘ilganlar bilan samimiy muloqotga kirishib suhbat qilishdi.
Tadbir so‘ngida 100 nafar oilaga jami qiymati 21 600 000 so‘mlik oziq-ovqatlar xayriya qilindi.
Yurishga qiynaladigan, imkoniyati cheklangan, boquvchisi yo‘q oila xonadonlariga oziq-ovqatlar yetkazib berildi.
VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati