Vaqf xayriya jamoat fondi hamda Turkiyaning Aziz Mahmud Hudoyi vaqfi bilan hamkorlikda yurtimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlarining navbatdagi manzili Xorazm viloyati bo‘ldi.
Viloyatdagi eshitish va gapirishda nuqsoni bor, imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo‘lgan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nochor 100 nafar fuqarolar uchun xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida hamyurtlarimiz uchun oziq-ovqatlar ulashildi va osh dasturxoni yozildi.
Tadbir so‘ngida hamyurtlarimiz yurtimiz va saxovatpesha insonlar haqlariga duolar qilishdi.
Tadbirlar davom etadi...
VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati