Buxoroda kar-soqovlar uchun xayriya qilindi

Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Vaqf xayriya jamoat fondi tomonidan, Buxoro viloyatidagi 180 nafar imkoniyati cheklangan (eshitish va so‘zlashishda nuqsoni bor) fuqarolar ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi diniy xodimlari, vafq xayriya jamoasi va otinoyilar qatnashishdi.

Tadbirda notiqlar tomonidan “Missionerlikdan ogoh bo‘ling” to‘g‘risida keng tushunchalar berildi. Tadbir doirasida imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizga “Vaqf” jamoat fondi tomonidan osh dasturxoni tashkil etilib, imkoniyati cheklangan hamyurtlarimizning duolari olindi.

VAQF xayriya jamoat fondi Matbuot xizmati

Buxoroda kar-soqovlar uchun xayriya qilindi
7 Mart, 2022 yil | 789