Vaqf xayriya jamoat fondi, Toshkent shahridagi ijtimoiy ko'makka muhtoj, nogironligi bor bo'lgan 5 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi xayriya qildi.
Mazkur xayriyaga hissa qo'shgan barcha homiylardan Alloh rozi bo'lsin!
Mana Ramazonga ham bir necha kun qoldi. Albatta, Ramazon xayru ehson oyi. Ezgulikka tashna xalqimiz bu oyda yana-da saxovatli bo‘lishadi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Sadaqalarning eng yaxshisi Ramazon oyida qilingan sadaqadir”, deganlar. Shunga ko‘ra zakot va nafl sadaqalarni ham Ramazon oyida ado etish yana-da fazilatlidir.
Siz ham biz bilan birga yaxshilik yo'lida hamkorlik qiling!